Salohiyat.uz

Intellektual bilim markazi

Yoshlar va Kompyuter

 O’tgan kuni paynetga yangi  raqam olgani kirgandim.  Paynet egasi shunday biznes  tashkil qilganki – u yerda  kompyuter o’yinlari, paynet,  foto va video xizmatlar ham bor. Raqam olib bo’lib qarasam o’yin o’ynab o’tirgan bolalar ichidan bittasi tanish ko’rindi. U meni 18 yashar mahalladoshim edi. Continue reading

Telegramda pul ishlash

Nafaqat telegramdan, balki foydalanadigan istalgan ijtimoiy tarmoqdan ko’plab pul ishlash mumkin. Biz mavzuni “Telegramdan pul ishlash” deb olganimizga sabab hozirgi kunda yurtimizda aynan shu messenjer foydalanuvchilari soni boshqa messenjerlarnikiga nisbatan ancha ko’proq. Hozirda kim telefon olmoqchi bo’lsa sotuvchidan “Telegram ishlaydimi?” deb so’rayapti. Bu degani siz telegramni zo’r bilsangiz butun O’zbekiston bo’ylab savdo qila olasiz deganidir. Continue reading

Pullarni nazorat qilish

“Noldan biznes boshlash!” – bu “Mumkin!” va “Mumkin emas!” – siz har ikkala tushunchani ham eshitgansiz. Shunisi bizga ma’lumki 90% dan ko’proq odamlar pul sarflamay biznes boshlash va uni kengaytirishga ishonishmaydi.

Hozirgi maqolamiz noldan biznes boshlashga qaratilmagan, aksincha ma’lum sarmoya evaziga biznes boshlash taklifini beramiz. Lekin shuni aytib o’tmoqchimanki “Hech qanday pul sarflamay katta biznes boshlash” mumkinligiga men ishonaman va amalda ko’rganman. Nasib bo’lsa bu haqida alohida maqolamizda yozib, misollar bilan tushuntirib beraman. Hozir esa dastlabki kichik sarmoya bilan biznes boshlash haqida gaplashamiz. Continue reading

Biznes moda!

O’tgan yili biznesga doir kitoblarni ko’plab o’qiyotganimni ko’rib ishxonamizda bir hamkasbim savol berib qoldi:

Nima uchun endi biznes haqida o’ylayapsan….?

Bu savolni berishiga sabab ilgaridan men biznesga va shaxsiy rivojlanishga qiziqmaganman. Men faqat badiiy kitoblar o’qirdim, yaxshi kompaniyada yollanma ishchilikni avzal ko’rardim. Yoshligimdan ota-onam yaxshi o’qi, oliy ma’lumotli bo’l, toza kiyimlarda ishga borib kelasan, yaxshi kompaniyalarda ishliysan der edi. Lekin, uylanib bolalalarim dunyoga kelgach, ota bo’lgachgina yana qo’shimcha daromad yo’llarini izlay boshladim, biznes va shaxs rivojlanishiga qiziquvchi yoshlar toifasiga kirib qoldim. Bu yo’l juda ham ajoyib ekaniga ko’nikib ulgurdim.
Continue reading

Yangi sharhlar

Bo’limlarimiz