Intellektual bilim markazi

Muallif haqida

Assalomu alaykum. Meni ism sharifim – Farhod Raimqulov. Kasbim bo’yicha mutaxassisligim – kimyogar. Xobbiyim (sevimli mashg’ulotim) – insonlarga foyda keltiruvchi infomaxsulotlar tayyorlash va infobiznes. Shaxsiy rivojlanish va Biznesga, ayniqsa internet-biznesga qiziqaman. Badiiy, diniy, shaxsiy rivojlanish, biznesga tegishli kitoblarni ko’p oqiyman. Hayotdagi maqsadim – Allohning roziligiga erishish uchun ko’p ezgu ishlarni amalga oshirish, boshqalarga ibrat bo’luvchi inson bo’lish. Albatta bu umumiy maqsadlar bo’lib, aniq maqsadlarim ta’lim yo’nalishiga qaratilgan. Ta’lim yo’nalishida aniq maqsadlarim – xususiy bog’cha, xususiy maktab, maxsus o’quv markazlar qurish va umuman yangicha ta’lim tizimini joriy etish. Umrim oxirida ortimga nazar solganimda muvaffaqiyatga erishgan minglab shogirdlarim bo’lishini istayman.

Yurtimizdan chiqqan yetuk diniy alloma Imom Buxoriy hazratlari nasihat qiladilar:

Agar bu dunyoda yaxshi yashashni istasang savdogar bo’l
Agar u dunyoda yaxshi yashashni istasang ibodat qil
Agar ikki dunyoda yaxshi yashashni istasang ilm o’rgan!…

Salohiyat.uz jamoasi ham ilm yo’lida yuruvchi jamoadan tuzilgan va bu yo’lda yuruvchi insonlarni hurmat qiladi. Shuningdek bizning maqsadimiz ko’proq insonlarni ilm yo’liga olib kirish va shaxsiy hamda moliyaviy o’sishlarida yordam berishdir. 
Ilmli insonlarni biz bilimli, salohiyatli, o’z ishining ustalari, aqlli insonlar deb ataymiz. Salohiyat.uz ning vazifasi insonlarni intellektual salohiyatli bo’lishlarida, shaxs sifatida rivojlanishlarida, moliyaviy erkinlikka erishishlarida (shuningdek pullarini to’g’ri nazorat qilishlarida), vaqtlarini qadrlashlarida, insonlar bilan o’zaro munosabatlarini yaxshilanishida, kasbiy malakalarini oshirishlarida, baxtli oila qurishlarida (shuningdek qarindoshlik rishtalarini mustaxkamlashda) yaqindan maslahatgo’y va ko’makdosh bo’lishdir.

Salohiyat.uz – Intellektual Bilim Markazi!

Yangi sharhlar
Bo’limlarimiz