Intellektual bilim markazi

Biznes moda!

O’tgan yili biznesga doir kitoblarni ko’plab o’qiyotganimni ko’rib ishxonamizda bir hamkasbim savol berib qoldi:

Nima uchun endi biznes haqida o’ylayapsan….?

Bu savolni berishiga sabab ilgaridan men biznesga va shaxsiy rivojlanishga qiziqmaganman. Men faqat badiiy kitoblar o’qirdim, yaxshi kompaniyada yollanma ishchilikni avzal ko’rardim. Yoshligimdan ota-onam yaxshi o’qi, oliy ma’lumotli bo’l, toza kiyimlarda ishga borib kelasan, yaxshi kompaniyalarda ishliysan der edi. Lekin, uylanib bolalalarim dunyoga kelgach, ota bo’lgachgina yana qo’shimcha daromad yo’llarini izlay boshladim, biznes va shaxs rivojlanishiga qiziquvchi yoshlar toifasiga kirib qoldim. Bu yo’l juda ham ajoyib ekaniga ko’nikib ulgurdim.

Hozirgi kunda shu ikki mavzu – “Biznes va shaxs rivojlanishi” modaga aylangan so’zlar bo’lib qoldi. Bu sohaga faqat men emas har bir yosh avlod va xatto kattalar ham qiziqishyapti, bu borada ilmlarini oshirishmoqda. Men ko’p online va offline treninglarda qatnashaman va shuni guvohi bo’lyapmanki bunday kurslarga kelayotganlarning 90% dan ko’pi mendan kichik yoshlardir (30 yoshdan kichik).

Ho’sh biznes mo’daga aylanib ulgurgan ekan, bu qanchalik foydali?

Hozirda prezidentimizning o’zlari tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlayaptilar, davlatimiz tomonidan yangi ish o’rinlari ochuvchilarga turli imtiyozlar qilib berilyapti. Shunday sharoitda yoshlarning biznesga qiziqishlari ortishi tabiiy. Tadbirkorlik rivojlangan yurt boshqa yurtlarga qaram bo’lmaydi. O’zini-o’zi ish bilan, maxsulot bilan, xizmat turlari bilan ta’minlay oladi. Shunday ekan yoshlarga baralla da’vat bilan aytish kerakki – biznes bu yaxshi hayot uchun eng yaxshi qurol. Bunga shaxsiy rivojlanishni ham qo’shib olib borilsa nur ustiga a’lo nur bo’ladi.

Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom ham savdogar bo’lgan va “Savdoda baraka bor” degan. Lekin hech qachon boylik yig’magan, faqat ehson qilish bilan shug’ullangan. Sahobalardan birining o’g’liga qoldirgan merosini hozirgi kundagi dollar bilan o’lchanganda dunyodagi eng boy inson Jef Bezos va Bill Geytsdan 8 barobar ko’proq boy bo’lgan ekan.

Shularni hisobga oladigan bo’lsak hozirda biznes mo’daga aylangan so’zdek ko’rinsada, lekin u azaldan ota-bobolarimiz shug’ullanib kelgan ishdir. Faqat u davrlarda biznesning yo’nalishlari kam va qoidalari o’zgacha edi.

Hozirgi kunda biznesda yo’nalishlar juda ko’payib ketdi – an’anaviy biznes, ko’chmas mulk, franshiza, tarmoqli marketing, internet-biznes. Biz bu biznes turlarining har biri haqida alohida saytimiz orqali ma’lumotlar berib boramiz. Saytimizni kuzatishni davom eting va do’stlaringizni ham taklif eting. Ijtimoiy tarmoqlarda ham bizni kuzatib boring.

Salohiyat.uz – intellektual bilim markazi!

One Response to Biznes moda!

  • Do’stlar sizlarni biznes qiziqtirsa o’z fikrlaringizni yozib qoldiring, sizlar uchun biznesga va shaxsiy rivojlanishga tegishli ko’plab foydali postlarni ulashamiz.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Yangi sharhlar
Bo’limlarimiz