Intellektual bilim markazi

Infobiznesmenlar maktabi

Kurs olib boruvchi – “Infobiznesmenlar maktabi” asoschisi, biznes va intellektual bilimlar (shaxsiy rivojlanish) treninglari olib boruvchisi Farhod Raimqulov.

Web-saytimiz  – Salohiyat.uz   

     Telegramda – @infomaxsulotlar

“Infobiznesmenlar maktabi”

Online kurslar

Kursimizda quyidagi bilimlar ketma-ketlikda o’rgatib boriladi (2-3 oy davomida):

  • Telegram sirlari.

Hozir hech kimga sir emaski telegram O’zbekistonimizda eng ko’p foydalaniladigan ijtimoiy tarmoq vositasidir. Bu esa agar siz biznesingizni telegramga olib chiqsangiz butun O’zbekiston orqali savdo qila olasiz deganidir. Telegram eng oson messenjirdir. U qulay interfeysi, boshqarish osonligi, bepul dastur ekanligi, kam megabayt (traffik) ketishi va boshqa xususiyatlari bilan foydalanuvchilarni o’ziga tortadi. Infobiznes bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan bo’lgan har bir O’zbekistonlikning telegramga muroja’at etishi mijozlar oqimini bir necha barobarga oshirib beradi. O’zbekiston telegramdan foydalanishi bo’yicha hozircha dunyoda 3-o’rinda turibdi. Biz “Infobiznesmenlar maktabi” online kursimizda virtual shogirdlarimiz uchun telegramning imkoniyatlarini, undan foydalanish usullarini audiodarslar, videodarslar va pdf fayllar orqali batafsil o’rgatamiz. Bu bilimlarga quyidagilar kiradi:

  1. Telegramda gurux, supper gurux, kanal ochish. Telegramming texnik imkoniyatlari.
  2. Bot yaratish va uni sozlash. Admin va aloqa uchun bot yaratish.
  3. Kanalni raskrutka qilish.
  4. Kontent yaratish. Kontent bot yaratish.
  5. Katalog yaratish.
  6. Post yozish, ma’lumotlarni to’g’ri yig’ish. Postni tahlil qilish.
  7. Telegramda pul ishlash yo’llari.
  8. Shu yuqoridagi olingan bilimlarni o’zidan pul ishlashni boshlash (pulli buyurtmalar olish va boshqalar).

  • Yo’nalish tanlash. Telegramda maqsadli blog yoki kanal ochish.

Agar biz biznesda aniq bitta yo’nalish tanlab olmasak biznesimizni boshlay ham olmaymiz. U harakatimizdan bunisiga, bu harakatimzidan unisiga o’tib yuraveramiz. Natijada hamma ishlarimiz chala qolaveradi. O’zimiz ham ko’p energiya yo’qotamiz. Buni devorni qulatish uchun har yeriga urishga o’xshatish mumkin. Bunda devor yoki qulamay qolaveradi yoki kerakmas joyidan qulab, ustimizga tushadi. Undan ko’ra devorning bitta kerakli joyni tanlab olib faqat o’sha joyiga zarba bersak, tezroq maqsadimizga yetamiz.

  • Infomaxsulot tayyorlash.

Bu bosqichda qay tartibda pdf qo’llanma yoki kitob yozish, audiokurs tayyorlash, videolar bilan ishlash, montaj qilish, videokurs tayyorlash birin-ketin o’rgatilib boriladi. O’rganish bilan bir qatorda mening nazoratim ostida o’z infomaxsulotingizni tayyorlashni boshlaysiz. Chunki agar sizni kimdir nazorat qilib turmasa infomaxsulot tayyorlashingiz yarim yo’lda chala bo’lib qolib ketadi. Infomaxsulot tayyorlashingizga 1 oydan ko’proq vaqt ketadi (bonuslari bilan birga). Sabr tagi – sariq oltin.

  • Infomaxsulot uchun o’ram yaratish.

Bu jarayon infomaxsulotimiz tayyor holga kelgach amalga oshiriladi. Infomaxsulotingiz insonlarga foydali ekaniga avvalambor o’zingiz ishonishingiz kerak. Sizda ishonch tuyg’usini uyg’otamiz. Bunda infomaxsulotingiz uchun qilingan o’ram ham foyda beradi. Infomaxsulotimiz turiga qarab bezak beramiz, unga bonuslarni qo’shamiz, photoshop bilan ishlashni o’rganamiz.

  • Reklama berish usullari, konvertor maydonlari bilan ishlash.

Bu bosqichda maxsulotimizni internetga olib chiqish va odamlarga ko’rsatishni boshlaymiz. Bunda reklama texnikalari bizga yordam beradi. Kerakli joyga, kerakli reklamani berishni o’rganamiz. O’zbekistondagi pulli va bepul reklama berish uchun 100 dan ortiq konvertor maydonlar bilan tanishamiz va ishlashni o’rganamiz.

Bu bosqichda brendni rivojlantirish katta ahamiyatga ega, bu raqiblaringizdan emas aynan sizdan sotib olishni ta’minlaydi. Daromad sotishdan tushadi, sotish esa reklama va brend orqali bo’ladi.

  • Marketing va sotish qoidalari.

Mijozlarni jalb qilish, ular bilan to’g’ri va qayta aloqani yo’lga qo’yish, tayyor sotuv skriptlarini tuzish, buyurtmalar qabul qilish kabi biznesimizning eng markaziy va eng e’tiborli nuqtalari shu qadamda o’rganiladi. Faqat maxsulotimizni reklamasini berib qo’ysakda, reklamalar orqali kelayotgan mijozlarni ushlab qololmasak hech qanday foyda ko’rmaymiz. Sotish uchun, mijozlar oqimini yaratish uchun, mijozlar ishonchiga kirish uchun eng so’ngi va ilg’or marketing qoidalarini bilishimiz kerak.

  • Web-sayt tayyorlash – bu kengroq infobiznes va kattaroq brend deganidir.

Kengroq infobiznes bilan shug’ullanmoqchi va o’z brendimizni maksimal qiymatga olib chiqmoqchi bo’lsak albatta web-sayt tayyorlashimiz yoki buyurtma berishimiz kerak. Sayt buyurtma berish bu juda qimmatga tushadi. Chunki bunday bilimga har kim ham egamas va bunday bilimlar arzon turmaydi. Biz kursimizda o’zimiz web-sayt tayyorlashni boshidan oxirigacha o’rganib chiqamiz. Web-saytlarning turlari ko’p bo’lib, biz kursimiz davomida ulardan biznesimiz uchun eng keraklilari – shaxsiy blog, internet-magazin, landing page yaratishni o’rganamiz. Tayyorlagan saytimiz orqali marketing kitni hosil qilamiz.

  • Biznesni kengaytirish.

Dastlab o’zimizning kichik bo’lsada shaxsiy infobiznesimizni yo’lga qo’yib olgach, endi uni kengaytirish haqida bosh qotirishimzi kerak. Bir joyda qotib qolish yaramaydi. Buning uchun doimo o’z ustimizda ishlashimiz, yangi bilimlarni olishimiz kerak. Bu bosqichda mavjud biznesimizni kengaytirishni, zarur hollarda ishchilar yollashni, hamkorlar topishni, investorlar topishni, shogirdlar yetishtirishni o’rganamiz.

Yollanma ishchidan biznesmenga aylanish ham shu bosqichda o’rgatiladi. Agar siz shu bosqichgacha hamma vazifalarni bajargan va hamma bosqichlardan to’g’ri o’tib kelgan bo’lsangiz endi yollanma ishchilikdan ketishingiz va faqat o’zingiz uchun, o’zingizning biznesingiz uchun ishlashingiz mumkin bo’ladi.

Bundan tashqari biznesmendan tadbirkorlikka o’tish bosqichini ham ko’rib chiqamiz. Masalan, biznesmen ko’tara narxda (optom) qishloqdan gilos olib kelib ustiga ozroq narx qo’yib sotsa, tadbirkor esa shu gilosdan sok ishlab chiqaradi va 10 barobar narx bilan sotadi. Bu odamlar uchun qadriyat yaratish deganidir.

  • Shaxs sifatida rivojlanish.

Ayni shu bosqichda shaxsiy rivojlanishimizni, intellektual salohiyatimizni oshirishimizni, oldimizga katta maqsadlar qo’yishni o’rganamiz. Katta biznesmenlarga xos global miqiyosda fikrlash tarzimizni oshiramiz. Masalan butun dunyoga tinchlik, insonlar salomatligi, insonlarning bilim salohiyatini oshirish, sahovatpeshalik kabi savobli amallarni o’rganamiz. Masalan, internet qirollaridan biri Bill Geyts Afrikadagi turli yuqumli kasalliklarni oldini olish, davolash choralari, ocharchilikka qarshi choralar ko’rish haqida bosh qotiradi va amalda harakat qiladi.

Bu bosqichda pullar muhim emasligini, oila, baxt, qarindoshlar, do’stlar davrasi va shu kabi hissiyotlar bilan ishlash mashg’ulotlari ham olib boriladi.

  • Hamkorlik va Investorlik.

Bu bosqichga yetib kelganlar bilan birgalikda yopiq infobiznesmenlar klubini tashkil etamiz. Bu klubda hammamiz bir maqsad yo’lida birlashamiz, hamkorlikda katta bizneslarga qo’l uramiz, turli biznes seminar va uchrashuvlar o’tkazamiz, yangi fikrlar va yangi g’oyalar ustida ishlimiz.

Bundan tashqari pullarimizni qayerga sarflashni, pullarni nazorat qilishni, to’g’ri invistitsiya kiritishni o’rganib chiqamiz. Pullarni biz uchun ishlashga majbur qilamiz.

 

 

 

 

 

 

Kurs olib boruvchi – “Infobiznesmenlar maktabi” asoschisi, biznes va intellektual bilimlar (shaxsiy rivojlanish) treninglari olib boruvchisi Farhod Raimqulov.

Web-saytimiz  – Salohiyat.uz   

     Telegramda – @infomaxsulotlar

 

Mana siz yuqorida “Infobiznesmenlar maktabi” ning 10 ta o’quv-mashg’ulotlari rejasi bilan batafsil tanishib chiqdingiz. Agar e’tibor bergan bo’lsangiz biz Sizga taklif etayotgan o’quv kursimiz ancha qimmatli natijalar, qadriyatlar beradi. Shuning uchun kursimizni ancha qimmatroqqa (masalan 3-4 million so’mga, yoki 500 dollarga) baholasak ham bo’lardi. Lekin, bizning maqsadimiz imkon qadar ko’proq infobiznesmenlarni yetishtirish bo’lgani uchun narxlarni ancha qulay holatgacha tushirdik. Kursimizni million so’mga emas, xatto 500 000 so’mga ham chiqarmadik. Bu bilimlarni hammasini Siz atiga 400 000 so’mga olishingiz mumkin (e’tibor bering, hozir bu pulga ustingizga bitta kiyim olishingiz mumkin xolos).

Agar Siz shu 400 000 so’mni ham ko’p deyotgan bo’lsangiz, bu kurs siz uchun emas! Agar o’z kelajagingiz, bilimlaringiz uchun ko’p pul ajratishga og’rinayotgan bo’lsangiz sizning shaxs sifatida rivojlanishingiz va katta biznesmen bo’lishingiz ancha qiyin. Uni ustiga undaylar bilan biz yopiq klubimizda ishlashimiz ham natija olishimiz ham qiyin kechadi. Undaylarning vazifalarni ham bajarishlari qiyin bo’ladi. Aslida vazifalar qiyin emas, kuniga 1 soat vaqtingizni oladigan yengil, hamma tushunadigan amaliy vazifalarni berib, sizni shaxsiy rivojlanishingizda, infobiznesingizni tashkil etishingizda yordamlashib boramiz.

Narxlar natijaga qarab belgilanadi. Biz sizning qadriyatingizni, manfa’atingizni, oladigan natijalaringizni ustun qo’ygan holatda, oxirgi narximizni 400 000 so’mga tushirdik. Qolaversa, o’zimizning ketadigan vaqtimizni, internet traffigimizni, bunday bilimlarga erishish uchun ko’p mehnat qilganimizni va yana hali izlanishda ekanimizni, kursni yanayam mukammalroq, foydaliroq qilish ustida doimo ishlab borishimizni ham hisobga olib eng oxirgi narxni 400 000 so’m deb belgiladik.

Inson biror narsa sotib olayotganda uning beradigan natijasiga qarab sotib oladi. Masalan, siz tuvakka ekilgan gul sotib olmoqchisiz. Bundan maqsad uyingizni kislorod bilan ta’minlash va bezak berish. Agar telefon sotib olmoqchi bo’lsangiz, undan maqsad do’stlaringiz bilan gaplashish, internetdan foydalanish, mp3 eshitish va hokazo. Agar biror kiyim sotib olayotgan bo’lsangiz, unda chiroyli ko’rinishni yoki sovuq qotmaslikni ko’zlaysiz. Xullas tushungan bo’lsangiz, “Infobiznesmenlar maktabi”ga a’zo bo’lishdan maqsad – bu sizning o’z shaxsiy biznesingizni tashkil etish, shaxsiy va moliyaviy rivojlanishingiz uchundir.

 Bu kurs hamma uchun ham emas! Kursimizga Shaxsiy kompyuteri borlar yoki  endi olmoqchi bo’lganlar yoki qayerdandir kompyuterdan istalgan vaqti foydalanish imkoni borlar uchundir. Shu o’rinda Sizga yana bir ma’lumot, olx.uz orqali 200 000 so’mdan boshlab ishlatilgan domashniy kompyuterlarni, 700 000 so’mdan boshlab ishlatilgan noutbuklarni topishingiz mumkin. O’z biznesingizni tashkil etib olgacha, keyinchalik yaxshisidan olishingiz mumin bo’ladi. Muhimi hohishingiz kuchli bo’lishi lozim (”Secret” filmini ko’rganmisiz?).

Infobiznesga juda qiziqadigan, hozircha kompyuter ololmidigan, lekin yaqin 1-2 yil ichida olaman deganlar bo’lsa ham kursimizga yozilib, hech bo’lmaganda telegram orqali ham daromad olishni boshlasa bo’ladi. Buning uchun telegram o’qiydigan telefon bo’lsa kifoya.

 Bonuslar.

Kursimiz tomonidan bonuslar – turli motivatsion videodarslar, audiodarslar, pdf kitoblar ham taqdim etiladi. Hohlovchilar uchun ProkMLM loyihamiz ham bor – bu haqida kursimizga a’zo bo’lganlar fikri eshitilib keyin taqdim etiladi.

Bu hali hammasi emas, har bir kursimiz ishtirokchisizga vidodarslardan iborat infomaxsulotimiz “Maqsadga tez erishish” treninglar jamlanmasi ham bepul beriladi. Bu esa maqsadlaringizga yanada tezroq erishishingizda yordam beradi.

Unutmang bu narxlar yana o’sishda davom etadi. Biz kurslarimizni yanada sifatli, yanada foydali qilib boramiz va shunga yarasha narxlar ham o’sib boradi. Masalan, 2019-yil 1-martdan boshlab kursimizni narxini 500 000 so’mga ko’tarish loyihasi ustida ishlayapmiz (qo’shimcha darslar, loyihalar qo’shilishi hisobiga).

P.S. Qancha kech boshlasangiz, shuncha kech natijaga erishasiz!

Muroja’at uchun telegram orqali – @bloggerkimyogar

Yangi sharhlar
Bo’limlarimiz