Intellektual bilim markazi

Telegramda pul ishlash

Nafaqat telegramdan, balki foydalanadigan istalgan ijtimoiy tarmoqdan ko’plab pul ishlash mumkin. Biz mavzuni “Telegramdan pul ishlash” deb olganimizga sabab hozirgi kunda yurtimizda aynan shu messenjer foydalanuvchilari soni boshqa messenjerlarnikiga nisbatan ancha ko’proq. Hozirda kim telefon olmoqchi bo’lsa sotuvchidan “Telegram ishlaydimi?” deb so’rayapti. Bu degani siz telegramni zo’r bilsangiz butun O’zbekiston bo’ylab savdo qila olasiz deganidir.

Yuqorida men bekorga savdo so’zini ishlatmadim, chunki telegram orqali chinakkamiga savdo qilsa bo’ladi. Buning uchun sizda telegram o’qiydigan smartfon va yaxshi maxsulot yoki xizmat turi bo’lishi kerak. Shundan so’ng maxsus bilimlar orqali telegramdan butun O’zbekiston, xatto butun dunyoga o’z maxsulotingizni yoki xizmatingizni taklif etishingiz va ko’plab mijozlar oqimini jalb qilishingiz mumkin. Yaqinda bir tanishimdan eshituvdim – 10 gektarlik yerdan olingan bir necha tonna olma hosilini bozorda sota olmabdi. Keyin telegram orqali xaridor topib hammasini optom sotishga muvaffaq bo’libdi. Bu bitta misol xolos. Telegram orqali juda ko’plab narsalarni sotish mumkin. Men o’zim ham telegram orqali @infomaxsulotlar va boshqa kanallarim orqali infomaxsulotlarimni sotishda foydalanaman.

Agar sizni bu mavzu qiziqtirib qo’ygan bo’lsa va siz telegram orqali ko’plab pul ishlab topmoqchi bo’lsangiz bizning “Infobiznesmenlar maktabi” online kursimizga a’zo bo’ling. Bu haqida to’liq ma’lumotni mana bu yerdan o’qib oling.

Hozir sizga (agar telegramdan pul ishlash niyatingiz bo’lsa) umumiy maslahat sifatida quyidagilarni aytib o’tmoqchiman:

  • Hoziroq telegramizdagi ortiqcha kanallarni o’chirib tashlang
  • Telegramda o’zingizning sohangizga yaqin bitta kanal va shaxsiy rivojlanishga doir bitta kanal olib qolsangiz yetadi (qolganlarida hammasi o’xshash fikrlardan iborat – ko’chirmakashlik)
  • O’zingiz qiziqadigan va odamlarga foydasi tegadigan birorta yorqin tarafizni aniqlang (xobbi, qobiliyat, iqtidor, mutaxassislik…)
  • Qo’lingizdan keladigan ishlar bo’yicha mutaxassis darajasiga ko’tarilishga intiling
  • Sohangizga tegishli va shaxsiy rivojlanish hamda biznesga tegishli kitoblar o’qing, audiolar tinglang, videolar ko’ring
  • Ko’proq tanishlar orttiring
  • Doimo pozitiv fikrlang, negativ fikrlovchilardan uzoq yuring
  • O’z sog’lig’ingiz uchun qayg’uring
  • Ko’p daromad topish va bu orqali ko’plab insonlarga yordam berish haqida o’ylang (hech bo’lmaganda o’zingizni oila a’zolaringizni yetarlicha ta’minlash uchun)
  • Siz orzu qilayotgan yo’lni allaqachon bosib o’tgan insonga shogird tushing
  • Telegramga tegishli texnik va boshqa bilimlarni egallang va o’z kanalingizni (blogingizni) yuriting
  • Telegramda pul ko’p ekaniga ishoning.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Yangi sharhlar
Bo’limlarimiz